Xavi "MYU"ni boshqarishga qanday qaraydi?
Dushanba kuni Erik ten Xag "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan bo‘shatildi. Qaror jamoa "Vest Xem"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan kunning ertasiga e’lon qilindi.
Matbuot anchadan buyon Xavi "Manchester Yunayted"ning navbatdagi murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqida yozmoqda. Mutaxassis 2023/2024 yilgi mavsum yakunida "Barselona"ni tark etganidan keyin ishsiz.
Goal xabariga ko‘ra, Xavi kelasi yozgacha ishga qaytishni rejalashtirmayapti. Shu tariqa, ispaniyalikning "Manchester Yunayted"ni boshqarishi dargumon.