Xavining rafiqasi murabbiy "MYU"ga kelayotganiga ishora qildi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlarda "Barselona"ning sobiq murabbiyi Xavining rafiqasi Nuriya Kunnileraning "provokasion" surati muhokama qilinmoqda.
Murabbiyning rafiqasi Xavi va ularning 5 yoshli o‘g‘li Den bilan tushgan suratni e’lon qildi. Bolaning "Manchester Yunayted" futbolkasida ekanligi tasvirga olingan. Ilgari ommaviy axborot vositalarida Xavi ingliz klubida Erik ten Xag o‘rnini egallash uchun nomzodlardan biri ekanligi haqida ma’lumot tarqalgan edi.
27 oktyabr kuni "Manchester Yunayted" Angliya Premyer-ligasining 9-turida "Vest Xem"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.