Vegxorst gol nishonlagani uchun uzr so‘radi
Vaut Vegxorst Vengriyaga qarshi o‘yinda gol urgandan so‘ng uni nishonlagani uchun uzr so‘radi.
Shanba kuni bo‘lib o‘tgan Millatlar ligasining 5-tur uchrashuvida Niderlandiya terma jamoasi Vengriyani 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Vegxorst 21-daqiqada penaltidan hisobni ochdi va golni hissiyotlar bilan nishonladi va tanqidlarga sabab bo‘ldi.
"Men penaltini tepganimda bu hodisa haqida umuman o‘ylamagandim, asablarim juda ham tarang edi.
Salbiy munosabatlarni tushunaman, lekin golni nishonlash menga yengillik beradi.
Keyinchalik tushunasizki, siz buni xotirjamroq, raqiblaringizni hurmat qilgan holda qilishingiz mumkin edi. Balki men boshqacha qilishim kerak edi", dedi Vegxorst.