"Ayntraxt" futbolchisi noodatiy tarzda golni nishonladi (foto)
Omar Marmush Xellouin bayrami oldidan niqob kiyib gol nishonladi.
"Ayntraxt"ning 25 yoshli misrlik hujumchisi Germaniya kubogi 2-bosqichida Myonxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi o‘yinda 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 70-daqiqada (2:1) g‘alaba golini kiritdi.
Marmush goldan so‘ng 31-oktyabr kuni nishonlanadigan Xellouin bayramiga niqob kiyib, qo‘llarini turli ranglarga bo‘yab, muxlislari oldida golni nishonladi.
Omar Bundesliga to‘purarlari ro‘yxatida "Bavariya"dagi Xarri Keyn bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi - ularning har birida 8ta o‘yinda 9ta gol bor.