Jekson: "Men boshqa klubga o‘tishim kerak edi"
«Chelsi» hujumchisi Nikolas Jeksonning faoliyati boshqacha kechishi mumkin edi.
"Ko‘klar" senegallik futbolchini 2023 yilning yozida "Vilyarreal"dan sotib olgandi.
"Men boshqa klubga o‘tishim kerak edi - "Milan" meni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Ammo keyin agentim: "Buni unut, sen "Chelsi"ga ketasan", dedi. Keyin "men tayyorman", deb javob berdim.
"Chelsi" bilan shartnoma imzolashi hujumchilar uchun qanchalik qiyinligini bilardim, lekin bunga tayyor edim.
Terma jamoadagi ba’zi do‘stlarim bosim tufayli "Chelsi"ga o‘tmaslikni maslahat berishdi, lekin men ularni eshitmadim.
O‘tgan mavsumda Pochettino menga va boshqa o‘yinchilarga ko‘p yordam berdi", - dedi Jekson.