Rafinya bu natijaga joriy mavsum La Ligada birinchi bo‘lib erishdi
"Barselona" vingeri Rafinya Dias joriy mavsumni juda yuqori tempda o‘tkazmoqda.
La Ligadagi 16 ta o‘yinda 27 yoshli braziliyalik futbolchi 11 ta gol urib, 8 ta assist berdi.
Livescore portalining xabar berishicha, Rafinya liganing 15 ta o‘yinida 50+ vaziyat yaratgan birinchi futbolchi bo‘ldi.