"Real" futbolchisi klub rahbariyati va Anchelotti ishonchiga kirdi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalyos so‘nggi vaqtlarda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda.
Tarkibdagi jarohat bilan bog‘liq muammolardan so‘ng asosiy tarkibga kirib olgan 28 yoshli futbolchining o‘yinlari klub rahbariyati va murabbiylar shtabida ajoyib taassurot qoldirmoqda.
Qayd etilishicha, Sebalyos bilan yaqin orada 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar boshlanadi.