"Liverpul" markaziy himoyachisi: "O‘tgan yozda jamoadan ketishga yaqin edim"
"Liverpul" markaziy himoyachisi Jo Gomes klubdagi kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘tgan yozda "Liverpul"ni tark etishga yaqin turgandim.
Lekin hozirda bor e’tiborimni klubga qaratganman. Men bu yerda ekanligim tufayli qanchalik omadli ekanini bilaman. Keyingi yozda bu yerga kelganimga 10 yil bo‘ladi. Men buni oddiy deb qabul qilmayman. Men "Liverpul"ni yaxshi ko‘raman", - dedi Gomes.
27 yoshli inglizning "qizillar" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.