"Arsenal"ning sobiq himoyachisi jamoaga "qotil" hujumchi kerak deb hisoblaydi
"Arsenal"ning sobiq himoyachisi Martin Kiounning fikricha, "kanonirlar"ga yangi hujumchi kerak.
"Agar Jezus va Havers haqida gapiradigan bo‘lsak, ular ko‘proq gol urishlari kerak, ularda qotillik instinkti yetishmaydi.
Menimcha, “Arsenal” yo‘qdan gol yarata oladigan futbolchidan foydalanishi mumkin. Jezus o‘z rolini yaxshi o‘ynaydi, u jamoaga ko‘p narsa berdi, ammo klubga sermahsul hujumchi kerak", - dedi Kioun.