Arteta o‘z shogirdlarining o‘yinidan hayratda
Londonning "Arsenal" jamoasi ustozi Mikel Arteta o‘z jamoasi futbolchilarining jamoaviy harakatlaridan hayratda.
Ispaniyalik murabbiy vinger Bukayo Saka va yarim himoyachi Martin Edegor o‘rtasidagi aql bovar qilmas darajada o‘zaro aloqani alohida ta’kidladi.
"Men "Barselona" davridagi Xavi, Inyesta va Busketsni eslayman - ular hammasini oldindan his qilishlari uchun bir-biriga qarashlari shart emas edi", - dedi "kanonirlar" ustozi.
"Markaziy himoyachilarimiz haqida ham shunday deyish mumkin", - deya Artetadan iqtibos keltiradi ingliz OAV.