Brayda: "Shunday yo‘l bilan biz Andreyni ruhlantirmoqchi edik"
"Milan"ning sobiq sport direktori Areydo Brayda 1999 yilda Andrey Shevchenkoni klubga qanday taklif qilgani haqida shunday dedi:
"Kiyevga uchishdan oldin Galliani bilan birga Fransiyada Andrey Valdinosi bilan uchrashgan edik va u Shevchenkoni albatta yoqtirishini aytdi.
Kiyevda Fabrisio Galliani, shuningdek, gruziyalik agent Rezo Chokonelidze ham safimizga qo‘shildi.
O‘yindan so‘ng futbolkaga Shevchenkoning ismini yozib, Rezo orqali futbolchiga berdik. Biz ham unga ushbu futbolka bilan “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi mumkinligini aytdik, shunday yo‘l bilan biz Andreyni ruhlantirmoqchi edik.
Oxir-oqibat, besh yil o‘tgach, aynan shunday bo‘ldi ham", - deya Braydaning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.