Van der Vart Ibragimovich haqida: "2004 yilda birimiz “Ayaks”ni tark etishga majbur bo‘ldik"
Rafael van der Vart Zlatan Ibrahimovichni takabbur ahmoq deb atadi.
Faoliyatining boshida ikkala futbolchi ham “Ayaks”da o‘ynagan. 2004 yil avgust oyida Shvesiya va Niderlandiya o‘rtasidagi o‘yinda Ibragimovich van der Vartni jarohatlaydi. O‘yinchilar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan va u shvedning "Yuventus"ga o‘tishi bilan yakunlangan.
"U takabbur ahmoq. Ikkalamiz ham kuchli xarakterga ega edik va ikkalamiz ham yosh edik.
Ushbu jarohatdan ikki kun o‘tib, u "Yuventus"ga o‘tdi. Boshqa chora yo‘q edi: u yoki men. Kimdir "Ayaks"ni tark etishi kerak edi.
Unga “Yuventus” shartnoma taklif qilgani uchun, men esa orzularimdagi klubda qolishim baxtiga muyassar bo‘ldim", dedi “Ayaks”ning sobiq futbolchisi.