"Yuventus" futbolchisining jarohati qanchalik jiddiy?
Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Andrea Kambyaso tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. 24 yoshli futbolchining chap to‘pig‘i bo‘g‘imining yengil burilishi tashxisi qo‘yilgan. "Keksa sinyora" Kambiasoning tiklanish vaqtini oshkor qilmayapti.
2024/2025 yilgi mavsumda Kambyaso turli musobaqalarda 20 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
"Yuventus" ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.