Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Andrea Kambyaso tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. 24 yoshli futbolchining chap to‘pig‘i bo‘g‘imining yengil burilishi tashxisi qo‘yilgan. "Keksa sinyora" Kambiasoning tiklanish vaqtini oshkor qilmayapti.
2024/2025 yilgi mavsumda Kambyaso turli musobaqalarda 20 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
"Yuventus" ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.