«Bavariya» Keynning jarohati haqida ma’lumot berdi
Hujumchi Xarri Keyn Bundesliganing shanba kuni Dortmundning «Borussiya»siga qarshi safardagi o‘yinida jarohat oldi.
«Bavariya» rasmiy saytining xabar berishicha, Keyn tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda uning o‘ng sonining mushaklari biroz zo‘riqishi aniqlangan. Myunxen klubi matbuot xizmati 31 yoshli Keynning tiklanish vaqtini bashorat qilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Xarri Keyn 2024/2025 yilgi mavsumda 19 ta rasmiy o‘yinda sheriklari safida 20 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.