Rodri «Manchester Siti»ning eng qiyin raqibini aytdi
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandes Londonning «Tottenxem» jamoasi haqida o‘z fikrini bildirdi. APLning yaqinda bo‘lib o‘tgan o‘yinida «shaharliklar» o‘z maydonida «shporlar»ga 0:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi.
«Shunday jamoalar borki, ular eng noqulay raqib hisoblanadi. «Siti» uchun bu «Tottenxem»dir. Ular bizga qarshi qanday o‘ynashni yaxshi bilishadi. O‘tgan mavsumda men ularga qarshi birinchi marta g‘alaba qozondim. Bu juda qiyin bo‘lgan edi», - deya ispaniyalik futbolchining so‘zlarini «FourFourTwo» nashri keltiradi.
Angliya chempionatining 12-turi yakuniga ko‘ra, Xosep Gvardiola shogirdlari turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.