Kulusevski barchaga o‘z mahoratini ko‘rsatib qo‘ymoqchi
Londonning «Tottenxem» klubi hujumkor yarim himoyachisi Deyan Kulusevski o‘z iqtidoriga shubha qilmaydi.
«Men dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lishim mumkinligini ko‘rsatmoqchiman», - dedi 24 yoshli shvesiyalik futbolchi «Manchester Siti»ga qarshi Angliya liga kubogi (2:1) o‘yinidan so‘ng.
Aynan «shaharliklar»ga qarshi ikkita golli uzatmani amalga oshirgan Deyan bu mavsumda «shporlar»ning asosiy o‘yinchisi sifatida o‘ynashda davom etmoqda.