Konate «Bayer»ga qarshi umumiy guruhda tayyorgarlik ko‘rmoqda
«Liverpul» himoyachisi Ibrohima Konate jiddiy jarohatdan qutulib qoldi.
Yelkasidan olgan jarohati tufayli «Brayton»ga qarshi o‘yin tanaffusida (2:1) almashtirilgan 25 yoshli futbolchi «Bayer»ga qarshi o‘yinga umumiy guruhda tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Konate «Liverpul»ning asosiy himoyachisi bo‘lib, joriy mavsumda u Angliya klubi safida 14 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.