«Liverpul» markaziy himoyachisi bilan 2029 yilgacha yangi shartnoma imzolaydi
«Liverpul» fransiyalik markaziy himoyachisi Ibrahima Konate bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Nikolo Skira xabariga ko‘ra, «qizillar» 25 yoshli futbolchi bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolaydi.
Konate «Liverpul»ga 2021 yilda «Leypsig»dan 40 million yevro evaziga o‘tgandi.