"MYU" yana bir afsonasini ranjitishi mumkin
"Manchester Yunayted" rahbariyati har qanday xarajatlarni tejash yo‘lini belgilab oldi va shuning uchun ortiqcha deb atash mumkin bo‘lgan hamma narsani rad etadi.
Allaqachon 250 dan ortiq klub xodimlari "Manchester Yunayted"dagi ishlarini tark etishlari kerakligi haqida xabar olishgan.
INEOS bu 50 million funtni tejashga umid qilmoqda. Klub “Manchester Yunayted”ning faxriy elchisi Aleks Fergyuson bilan xayrlashdi.
Endi 2004 yildan 2017 yilgacha klubda to‘p tepgan "Manchester Yunayted"ning afsonaviy sobiq hujumchisi Ueyn Runi bilan ham xuddi shunday bo‘lishi mumkin.
Bu haqda hali rasman e’lon qilinmagan, biroq derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, qaror allaqachon qabul qilingan.