Gvardiola birinchi marta 0:4 hisobida mag‘lub bo‘layotgani yo‘q. Bunday hisob bilan ispaniyalik yana qachon yutqazgan edi?
Kecha APLning 12-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Tottenxem”ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu mag‘lubiyat Pep Gvardiola shogirdlari uchun joriy mavsumdagi beshinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
“Siti” amaldagi chempion sifatida oxirgi marta 1938 yilda ketma-ket besh o‘yinda mag‘lub bo‘lgan, o‘shanda jamoa Ikkinchi ligaga tushib ketgan edi.
Shuningdek, bu Gvardiolaning murabbiylik faoliyatidagi eng yomon natijaning takrorlanishidir. U 2017 yilda “Everton”ga, 2016 yilda “Barselona”ga, 2014 yilda “Bavariya” boshqaruvida “Real”ga xuddi shu hisobda imkoniyani boy bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” 23 ochko bilan APL turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.