RPL. "Krasnodar"ning ta’qibchisi ancha yaqinlashib oldi
RPLda peshqadam bo‘lib turgan uchta jamoa o‘n ikkinchi tur o‘yinlarini o‘tkazdi.
“Krasnodar” shanba kuni mehmonda “Spartak”ni xotirjamlik bilan 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Parallel kechgan bahsda “Lokomotiv” sensasion tarzda mehmonda “Ximki”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Zenit” esa bir kun avval “Akron”ni mehmonda 5:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Natijada “Lokomotiv” turnir jadvalida ikkinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa tushib ketdi – jamoa hisobida 27 ochko bor. “Zenit” 29 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Krasnodar” esa 30 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.
Aytish joizki, “Krasnodar” ushbu Rossiya chempionatida biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan (to‘qqiz g‘alaba va uchta durang).