"Real" futbolchisi alamli mag‘lubiyatni hali beri unutmaydi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde so‘nggi “el-klasiko”ni esladi.
“Qaymoqranglilar” o‘z maydonida “Barselona”ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib, ikkinchi bo‘limda barcha gollarini o‘tkazib yubordi.
O‘yin 26 oktyabr kuni La Liga doirasida bo‘lib o‘tdi. “Bu juda alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. Tan olishimiz kerak, o‘sha kuni "Barselona" bizdan ustun keldi.
Menimcha, biz unchalik yomon emasdik, ammo “Barselona” ajoyib o‘ynadi”, dedi Federiko Valverde.