Gordon: "Uning ta’siri ostida o‘zimni dunyoning eng yaxshi futbolchisidek his qilyapman"
"Nyukasl" yarim himoyachisi Entoni Gordon Angliya terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Li Karsli bilan hamkorlik qilish haqida gapirdi.
"Uning ta’siri ostida o‘zimni dunyoning eng yaxshi futbolchisidek his qilyapman, bu menga ishonch bag‘ishlaydi.
Li men uchun maydonda ham, uning tashqarisida ham ko‘p narsa qildi va buning uchun undan doim minnatdor bo‘laman. Men unga barcha ishlarida omad tilayman", - deya Gordonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.