“Har safar shartnoma imzolaganimda:‘YAxshi, bu oxirgi 2 yil’, deb aytaman” – Gvardiola
Ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola “Manchester Siti” bilan shartnomasini uzaytirdi.
Mutaxassis bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Pep endi bu yerdan keta olmasligini his qilganini aytdi.
“Hammasi oddiy. Sabablarini so‘ramang. Balki ketma-ket 4 mag‘lubiyat tufayli keta olmasligimni his etgandirman. Har safar shartnoma imzolaganimda: ‘Yaxshi, bu oxirgi 2 yil’, deb aytaman, ammo shunga qaramay shu yerdamiz”, — deydi “Man Siti” ustozi.
Avvalroq Gvardiolaning klub bilan yangi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangani haqida xabar berilgandi. Shartnomada hamkorlikni 2027 yilning yoziga qadar uzaytirish bo‘yicha band bo‘ladi.
Joriy mavsumda APLda 11-turdan so‘ng “Man Siti” 23 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. “Shaharliklar” so‘nggi 4 ta o‘yinning barchasida mag‘lubiyatga uchradi.