"Yuventus" Pogba bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi
"Yuventus" fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogbaning kelajagi haqida bayonot berdi.
Turin klubi rasmiy sayti xabar berishicha, tomonlar shartnomani bekor qilish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgan. 1 dekabr kuni 31 yoshli futbolchi erkin agentga aylanadi.
"Klub Polga professional faoliyatida omad tilaydi", - deyiladi xabarda.
Pogba 2022 yilda "Manchester Yunayted"dan "Yuventus"ga o‘tgan edi. U avvalroq 2012 yildan 2016 yilgacha Italiya jamoasida o‘ynagan.