Pogbaga bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda
Pol Pogba faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi antidoping qoidalarini buzgani uchun CASda 4 yillik diskvalifikasiyaga muvaffaqiyatli qarshi chiqdi - sud qoidabuzarlikni tan oldi, ammo diskvalifikasiya muddatini 18 oyga qisqartirdi. Xabar qilinishicha, "Yuventus" va Pogba shartnomani bekor qilishga yaqin turibdi. Keyinroq futbolchi klubni tark etish niyatida emasligini ma’lum qildi.
Sky Sports nashrining yozishicha, shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokaralar haqiqatan ham davom etmoqda va ular ilg‘or bosqichda. Fransiyalik futbolchiga Angliya, boshqa Yevropa davlatlari, Saudiya Arabistoni va MLS klublari qiziqish bildirmoqda.
Pogba 2025 yilning mart oyida maydonga qaytishi mumkin.