Pogba: "SAS qaroridan juda mamnunman"
Pol Pogba doping uchun qo‘yilgan taqiq qisqartirilgach, o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yuventus" yarim himoyachisi antidoping qoidalarini buzgani uchun 4 yillik diskvalifikasiyaga uchragandi. Sud qoidabuzarlikni tan oldi, ammo jazo muddatini 18 oyga qisqartirdi.
"Men SAS qaroridan juda mamnunman. Men hech narsa qilmadim - nega menga to‘rt yil berildi? Men eng yaxshi ko‘rgan narsamga qaytishim mumkin.
Albatta, biz Didye Desham bilan aloqada bo‘lib turdik. U har doim meni qo‘llab-quvvatlagan, hatto bu vaziyatdan oldin ham. Men undan juda minnatdorman.
Go‘yo menga yana bir imkoniyat berilgan, mendan olingan narsa qaytarilgandek bo‘ldi. Bu hayotdagi yangi bosqich. Mart tezda keladi va men buni intiqlik bilan kutyapman.