Pogba avvalgi darajasiga qaytish niyatida
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba diskvalifikasiya va ko‘plab muammolardan so‘ng avvalgi darajasiga qaytish niyatida.
31 yoshli futbolchi o‘tgan yilning sentyabr oyidan beri maydonga tushmayapti. Fransiyalik futbolchi ayni damda antidoping qoidasini buzgani uchun mart oyiga qadar diskvalifikasiyani o‘tamoqda. Ma’lumki, "Yuventus" yarim himoyachi xizmatidan voz kechishni rejalashtirgan, biroq futbolchining o‘zi uning muvaffaqiyatiga ishonmoqda.
"Sizlarni juda sog‘indim. Men qaytishga tayyorlanyapman. O‘z darajamga qaytishga va’da beraman", - deb yozdi Pogba ijtimoiy tarmoqlarda Fransiya terma jamoasidagi o‘yinlaridan suratlarni ilova qilib. Taxmin qilganingizdek, shu tariqa Pol 2022 yilning mart oyidan beri o‘ynamagan terma jamoaga qaytish niyatini bildirgan.