Desham: "Jamoamizda uning pozisiyalari uchun juda jiddiy raqobat bor"
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham "Yuventus" markaziy himoyachisi Pyer Kalyulyu haqida fikr bildirdi.
24 yoshli futbolchi hali "uch ranglilar" safiga taklif qilinmagan, ammo Desham tan olganidek, u nomzodlar qatorida turibdi.
"Milan"ning chempionlik mavsumida Kalyulyu juda yaxshi o‘ynadi, ammo keyin jismoniy muammolardan aziyat chekdi.
Endi u "Yuventus"da yana formaga kirishga muvaffaq bo‘ldi. U himoya markazida ham, qanotda ham o‘ynay oladi.
Biz uni kuzatmoqdamiz, ammo jamoamizda uning pozisiyalari uchun juda jiddiy raqobat bor”, dedi Desham.