Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham "Yuventus" markaziy himoyachisi Pyer Kalyulyu haqida fikr bildirdi.
24 yoshli futbolchi hali "uch ranglilar" safiga taklif qilinmagan, ammo Desham tan olganidek, u nomzodlar qatorida turibdi.
"Milan"ning chempionlik mavsumida Kalyulyu juda yaxshi o‘ynadi, ammo keyin jismoniy muammolardan aziyat chekdi.
Endi u "Yuventus"da yana formaga kirishga muvaffaq bo‘ldi. U himoya markazida ham, qanotda ham o‘ynay oladi.
Biz uni kuzatmoqdamiz, ammo jamoamizda uning pozisiyalari uchun juda jiddiy raqobat bor”, dedi Desham.