"Milan" "Liverpul" futbolchisiga ko‘z tikmoqda
Yaponiya terma jamoasining himoyachi yarim himoyachisi Vataru Endo tez orada "Liverpul"ni tark etishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside xabar bermoqda.
31 yoshli yarim himoyachi "Enfild"da olgan o‘yin amaliyotidan norozi va klubini o‘zgartirmoqchi. "Liverpul" Endo bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor va u uchun 15-18 million yevro olishga umid qilmoqda.
Endilikda yaponlar uchun asosiy da’vogar "Milan" bo‘lib ko‘rilmoqda. Milanliklar maydon markazida mustahkamlovchilarni qidirmoqda.
Endo "Liverpul"ga 2023 yilning yozida "Shtutgart"dan 20 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 8ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lsa, Liga kubogi doirasidagi ikkita o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.