Tonalining sobiq klubi futbolchini qaytarmoqchi
«Milan» rahbariyati hozirda «Nyukasl»da o‘ynayotgan yarim himoyachi Sandro Tonalini jamoaga qaytarmoqchi. Bu haqda "Todofichajes" portali sahifalarida xabar berildi.
"Rossonerilar" rahbariyati 24 yoshli yarim himoyachi yaqin orada vataniga qaytishini istamoqda. Shu bilan birga, Tonalining "qarg‘alar" bilan 2028 yil o‘rtalariga qadar uzoq muddatli shartnomasi bor. Uning transfer narxi 38 million yevroni tashkil qiladi.
Sandro 2023 yilning yozida milanliklar safini tark etgandi. Klub yarim himoyachining transferidan 64 million yevro ishlab olgan.