Rossiya va Belarus birlashgan chempionati tashkil etiladimi?
Belorussiya futbol federasiyasi raisi o‘rinbosari lavozimini egallab turgan Andrey Vasilevich Rossiya va Belarus birlashgan chempionatining tashkil etilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Vasilevichning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajak uchun bunday rejalar yo‘q.
"RFI bilan qo‘shma ligalar masalasi ishlab chiqilmagan. Ular UEFA a’zolaridir. Ya’ni, bizga qo‘shma ligalar tuzish va bundan tashqari, ularda qatnashish ham taqiqlangan.
Biz o‘z majburiyatlarimizni halol bajaramiz", - deya Vasilevichdan iqtibos keltiradi Sport24.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya futbol ittifoqi hozirda UEFA va FIFA tomonidan sanksiyalar ostida qolgan, shu bois Rossiya jamoalari yevrokuboklarda qatnashmaydi. Belarus jamoalariga kelsak, ular boshqa mamlakatlardagi neytral maydonlarda xalqaro o‘yinlarni o‘tkazishadi.