Rossiya Urugvay bilan o‘ynaydi
Urugvay Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi.
"RFI bilan muzokaralar davom etmoqda. Kelgusi yilning noyabr oyida Rossiya Federasiyasi hududida Urugvay va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar mavjud. Biroq hech qanday hujjat yoki kelishuv imzolangani yo‘q", — dedi Urugvay futbol assosiasiyasi prezidenti Ignasio Alonso.