Rossiya MTJning noyabr oyidagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Noyabr oyida Rossiya terma jamoasi Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Suriya futbol assosiasiyasining kommunikasiya bo‘yicha direktori Emad Amiriyning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘yinni o‘tkazish bo‘yicha to‘liq kelishib olgan va kun davomida tegishli hujjat imzolanadi.
"Biz RFI bilan jamoalarimiz o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha rasman kelishib oldik.
19-noyabr kuni Volgogradda Rossiya va Suriya terma jamoalari o‘ynaydi. Bugun federasiyalarimiz o‘rtasida rasmiy shartnoma imzolanadi", - deya Amirining so‘zlarini keltirmoqda Sport24.