Suriya Rossiya bilan o‘yin o‘tkazishini e’lon qildi
Suriya terma jamoasi 19 noyabr kuni Volgogradda Rossiyaga qarshi o‘yinni e’lon qildi.
«Shartnoma hali imzolanmagan, ammo o‘yin keyingi oyning 19-kunida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Volgogradda bo‘lib o‘tadi», — dedi Suriya terma jamoasi menejeri Fatallah.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘ini o‘rtoqlik o‘yinlarisiz o‘tgandi.