Suriya Rossiyaga qarshi yettita asosiy futbolchisiz o‘ynaydi
Suriya terma jamoasi Rossiyaga qarshi 7 nafar asosiy o‘yinchisiz o‘ynaydi.
Jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 19 noyabr kuni "Volgograd-Arena"da bo‘lib o‘tadi.
"Sovuq ob-havo bo‘lishiga qaramay, shahar go‘zal, odamlar yaxshi kutib oldi.
Ammo asosiy o‘yinchilarning hammasi ham kelmadi. Rossiyaga 23 nafar futbolchi keldi, boshqa hech kim kelmaydi. Yetti asosiy o‘yinchi turli sabablarga ko‘ra, jumladan, jarohatlar tufayli safdan chetda qoldi.
Biz o‘yinda Suriya terma jamoasi muxlislari bo‘lishini kutmoqdamiz, lekin ko‘p emas," - deyiladi Suriya terma jamoasi matbuot xizmati xabarida.