FIFA sobiq bosh kotibi: "O‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil qilish borasida Rossiya qiyin ahvolda"
FIFAning sobiq bosh kotibi, hozirda Xalqaro do‘stlik assosiasiyasi Bosh kotibi Jerom Valke xalqaro izolyasiya sharoitidagi Rossiya sporti haqida gapirdi.
"Sport haqida gapiradigan bo‘lsak, bir pozisiyadan turib gapirish juda qiyin. Barcha sportchilar xalqaro raqobatchilar bilan raqobatlashishni xohlashadi.
Axir, bu tufayli siz o‘z darajangizni tushunishingiz mumkin. Ufada sportchilar bilan suhbatlashdim. Ularning aytishicha, Rossiya xalqaro maydonga qaytganida o‘zlarini ishonchli his qilishlari uchun imkon qadar mamlakat ichida o‘yinlar tashkil etishga harakat qilmoqda.
Bugun do‘stona mamlakatlar jamoalari bilan o‘yinlar tashkil etilmoqda. Ertami-kechmi hamma narsa normal holatga qaytadi.
Agar tadbirlarni tashkil qilish haqida gapiradigan bo‘lsak, Rossiya qiyin ahvolda. Agar ushbu hududda joriy etilgan barcha sanksiyalar bilan tadbirlar tashkil etilsa, xorijiy davlatlardan sportchilarni jalb qilish qiyin bo‘ladi.
Bunda sport olamini ayblab bo‘lmaydi. Okeanda har doim kattaroq baliqlar bor. Ular hukumatlari aytganini qiladilar", dedi Valke.