"Borussiya D" yarim himoyachisi borasida bir qarorga keldi
Yarim himoyachi Yulian Brandt joriy mavsum yakunida Dortmundning "Borussiya" klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Sportbild jurnalistlariga ma’lum bo‘ldi.
Manbaga ko‘ra, nemis top-klubi rahbariyati jamoaning yetakchi futbolchilaridan birini transfer qilishga ruxsat bergan.
Brandt "Bayer Leverkuzen" akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi 2019 yildan beri dortmundliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan va uning bozor narxi 40 million yevroga baholanmoqda.