"Liverpul" futbolchisiga Angliyadan ham da’vogarlar ko‘p
Angliyaning "Liverpul" klubi tayanch yarim himoyachisi Vataru Endo faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
Qayd etilishicha, 31 yoshli yaponiyalik futbolchi xizmatlariga "Milan"dan tashqari "Fulxem", "Vulverxempton" va "Ipsvich" ham qiziqish bildirmoqda.
"Qizillar" avvalroq o‘z futbolchisini 15-18 million yevroga sotishga tayyor bo‘lishi aytilgandi.