"Siti" Keynga qiziqyaptimi?
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" "Bavariya" hujumchisi Xarri Keynning transferi borasida biror harakatni amalga oshirmagan.
Qayd etilishicha, "shaharliklar" hozirda bor e’tiborini Erling Xoland bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga qaratgan.
24 yoshli norvegiyalikning kelishuvi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.