La Liganing 3 klubi venesuelalik futbolchi uchun kurashadi
Braziliyaning "Botafogo" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jefferson Savarinyo faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
28 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun "Sevilya", "Vilyarreal" va "Valensiya" klublari kurash olib boradi.
Braziliya klubi o‘z futbolchisini 12 million yevroga sotishga tayyor.