Roy Kin: "Raqiblar "MYU"dan qo‘rqmay qo‘yishdi"
Roy Kinning fikricha, endi raqiblar "Manchester Yunayted"dan qo‘rqmayapti.
"Siz "MYU" bilan o‘ynayotganingizda qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. "Yunayted" o‘yinni a’lo darajada boshladi, keyin esa o‘z darvozasi yoniga yotib oldi. Men uni ko‘rib: "Nimani kutyapsiz? "Ipsvich"ni yo‘q qilish kerak!
Ammo ular o‘z darvozasi oldida o‘ynashda davom etdi va bu bilan hisobni tenglashtirishga loyiq bo‘lgan "Ipsvich"ni ruhlantirishdi.
Men 4-4-2 sxemasiga qaytardim. Oldinda baland bo‘yli hujumchi, yonida past bo‘yli o‘yinchi..." - dedi "MYU"ning sobiq yarim himoyachisi Sky Sports efirida.