Yangi shartnoma bo‘yicha Musialaning «Bavariya»dagi maoshi ma’lum bo‘ldi
"Bavariya" rahbariyati va yarim himoyachi Jamol Musiala o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar ketmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, yangi kelishuvdan keyin Musiala Yevropada eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchilardan biriga aylanadi. Myunxenliklar 21 yoshli futbolchiga 20-25 million yevro yillik maosh to‘lashga tayyor.
Yana shartnoma 2029 yoki 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi.
Jamol «Bavariya» safida jami 173 ta o‘yinda maydonga tushib, 47 gol va 35 assist muallifi bo‘lgan.
Manba: football24.ru