Lui van Gal "Ayaks" murabbiyini qo‘llab-quvvatladi
"Ayaks" va Niderlandiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Amsterdam klubining hozirgi boshqaruvchisini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Yakshanba kuni Lui van Gal "Yoxan Kroyff Arena"da Amsterdamning "Ayaks" va "Real Madrid" afsonalari o‘rtasidagi uchrashuvda ishtirok etdi. O‘yindan so‘ng 73 yoshli mutaxassis Franchesko Farioli faoliyati haqida ijobiy fikr bildirdi.
"Meni hayratga solgan narsa "Ayaks" muxlislarining hozirgi "Ayaks"ni qo‘llab-quvvatlagani bo‘ldi. Sizlar zo‘rsizlar! Bir paytlar men murabbiy bo‘lganimda, ular ustimdan kulishardi, ammo hozir bu tendensiya boshqacha, menimcha, Farioli ham shunday qiladi. "Ayaks"ni keyingi bosqichga olib chiqding, sizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman!", dedi Lui van Gal.
“Ayaks” Erediviziyada PSV va “Utrext”dan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi.