Bernardu deyarli bir yil deganda katta sahnaga chiqdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva Angliya premyer-ligasidagi golsiz seriyasiga chek qo‘ydi.
"Shaharliklar"ning "Nottingem Forest"ga qarshi bahsida portugaliyalik futbolchi 8-daqiqada darvozani ishg‘ol qilib, hisobni ochdi.
"Shaharliklar" yarim himoyachisi uchun bu gol joriy yilning 13 yanvaridan beri Angliya chempionatidagi birinchi gol bo‘ldi - o‘shanda u "Nyukasl" darvozasini ishg‘ol qilgandi.
Premyer-liganing keyingi 29 uchrashuvida Pep Gvardiola jamoasining 30 yoshli yulduzi bir marta ham gol ura olmadi.