Gyuler joriy mavsumdagi ilk golini urdi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Arda Gyuler joriy mavsumdagi ilk golini nishonladi.
19 yoshli futbolchi “Jirona”ga qarshi o‘yinda 55-daqiqada darvozani ishg‘ol qilib, o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Turk yulduzi uchun bu uning "Los-Blankos"dagi joriy mavsumdagi birinchi goli bo‘ldi - bu unga 17 ta o‘yin sarfladi.