Amorim: "Shouga ishonishda davom etamiz"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim chap qanot himoyachisi Lyuk Shouning navbatdagi jarohati haqidagi savolga javob berdi.
Angliyalik futbolchi mushaklari shikastlangani uchun "qizil iblislar"ning bo‘lajak o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.
"Uning tayinlanganidan beri men Lyukni tibbiyot bo‘limida, sport zalida va mashg‘ulotlarda ko‘rdim - u hamma narsani to‘g‘ri bajardi.
Biz unga ishonishda davom etamiz. U jamoamiz uchun juda muhim", - dedi Amorim.