Gvardiola "Man Siti" ofisiga qamalib oldi
"Manchester Siti" murabbiyi Xosep Gvardiola telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti va "shaharliklar" mashg‘ulot bazasidagi ofisga qamalib olgan. Bu haqda The Athletic jurnalistlari xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester" jamoasi mavsumning omadsiz qismini o‘tkazmoqda. Oxirgi yetti uchrashuvda "shaharliklar" oltita mag‘lubiyatga uchradi va bir marta durang o‘ynadi. Angliya chempionatining so‘nggi o‘yinida jamoa safarda "Liverpul"dan 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Premyer-liganing 13 turi yakuniga ko‘ra, "shaharliklar" 23 ochko to‘plab, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi o‘yin "Nottingem Forest"ga qarshi safarda o‘tkaziladi.